"Mash’al" Abbos Shodmonov bilan munosib xayrlashdi
Mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubida boshlagan yarim himoyachisi Abbos Shodmonov o‘zining sobiq jamoasi “Mash’al” klubi bazasiga tashrif buyurdi va muborakliklar bilan munosib xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli futbolchi muborakliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U qarib 15 yildan beri "gazchilar" sharafini munosib himoya qilib keldi. Shodmonov xozirgacha “Mash’al” tarkibida 200 ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.
“Mash’al” futbol klubi Abbos Shodmonovni “Mash’al” jamoasi sharafini munosib himoya qilganligi munosabati bilan unga minnatdorchilik ramzi sifatida o‘zi to‘p surgan 18-raqam tushirilgan libosni esdalik sovg‘a sifatida taqdim etdi.

Fikrlar