Mavlud Tifiev "ONE Championship" tashkil qiladigan turnirda jang qiladi

CHERY AUTO

Professional muaytay hamda K-1 yo‘nalishida qator muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan hamyurtimiz Mavlud Tifievning navbatdagi jang sanasi ham ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

U 3 may kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC hamda Singapurning “ONE Championship” promoushenlari hamkorligida o‘tkaziladigan jang kechasida ringga ko‘tariladi. 

Unga Rossiya vakili, “ONE Championship” jangchisi Vladimir Kuzmin raqiblik qiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu to‘qnashuv professional kikboksing yo‘nalishida o‘tkaziladi va bu hamyurtimizning Singapur promoushenidagi debyuti desak ham yanglishmagan bo‘lamiz.  

Ma’lumot uchun, Tifiev so‘ngi jangini Birlashgan Arab Amirligida tashkil qilingan “Royal Battle” turnirida tojikistonlik Siyovush Gulmamadovga qarshi o‘tkazib, ishonchli tarzda g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!