Maxachev: "U oyoqda tezroq va aniqroq ishlaydi"

  • 15 oktabr, 2023, 10:15
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasi UFC chempioni Islam Maxachev mazkur divizion Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov bilan sparringdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Usmon qay taraflama kuchliroq? Albatta. u oyoqda tez va aniq ishlaydi. Menda esa unaqa emas. Men deyarli oyoqda zarba yo‘llamayman. Shuningdek, u masofani ham yaxshi his qila oladi", - dedi Islam.

Eslatib o‘tamiz, Usmon Nurmagomedov 8 oktyabr kuni Bellator 300 turniri asosiy jangida Brent Primusni mag‘lub etib, o‘z titulini himoya qildi.

Islam Maxachev 21 oktyabr kuni Aleks Volkanovskiga qarshi kamarini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!