
Mbappe, ketsang ham shartnomani yangilab qo‘y!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening jamoadan ketish ehtimoli eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri hisoblanadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Mbappening klub bilan amaldagi shartnomasida futbolchi kelasi mavsum istalgan paytda klubni tark etishini ta’minlovchi band bor. Bu band 24 yoshli hujumchining badal pulining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
PSJ rahbariyati Kilian baribir klubdan ketishini biladi. Shu bois, mutasaddilar uning transferidan mo‘may daromad ishlab olishni ko‘zlayapti. Shuning uchun ham klub futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndirishga urinmoqda.
PSJ Mbappe uchun o‘z vaqtida “Monako” 180 million evro to‘lagan. Shundan beri Kilian parijliklar jamoasida 246 ta uchrashuvda maydonga tushib, 200 ta gol va 95 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar