
Mbappe asl maqsadini aytdi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qilganiga qaramay, kelasi mavsumni Parijda o‘tkazish maqsadida ekanini aytdi.
- Mendan shartnomani uzaytirmasdan, klubda qolayotganimni tushuntirib berishni so‘rashyapti. Buni izohlashga hojat yo‘q. Odamlar og‘ziga kelganini gapiraveradi. Chunki ular hamma ma’lumotlarni bilmaydi.
Men nima qilayotganimni va nima uchun shunday qilayotganimni bilaman. Men shartnomani uzaytirmaslik haqida xat yuborganim rost. Buni ancha oldin qilganman. Bunga etarlicha sabablarim bor edi, - dedi Kilian Mbappe.
Ma’lumki, 24 yoshli futbolchi PSJda 2025 yilning yarmigacha qolmasligini bildirganidan keyin klub mutasaddilari uni shu yozda sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Fikrlar