
Mbappe damini olsin! “Real”da asosiy penaltichi aniqlandi
Zamonaviy futbolda penaltini ijro etish alohida mas’uliyat kasb etadi. Har bir jamoada penaltini birinchi tepadigan futbolchi aniqlanadi.
Yangi mavsum oldidan “Real”da ham shtatli penaltichi tanlandi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”da bu vakolatga birinchi bo‘lib Vinisius Junior egalik qiladi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaning asosiy to‘purarlaridan biri hisoblanadi. Vinisius o‘tgan mavsumda 39 ta uchrashuvda 24 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi.
Karlo Anchelotti shogirdlari uchun yangi mavsum biroz erta boshlanadi. Madridliklar Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi sifatida Evropa Ligasi chempioni “Atalanta” bilan UEFA Superkubogi uchun o‘ynaydi. Bu bahs 14 avgustga belgilangan.
Fikrlar