Mbappe "Evro-2020"da antirekord o‘rnatdi

  • 29 iyun, 2021, 13:01
  • 0
  • Futbol

Bu safargi Evropa chempionati Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe uchun omadsiz bo‘ldi. Yosh hujumchi jamoaning musobaqadagi asosiy yulduzi hisoblangan bo‘lsada, muhim uchrashuvlarda gollarni Karim Benzema, Antuan Grizmann va Pol Pogba kiritdi.

Mbappe turnir davomida raqib darvozasi tomon 14 ta zarba berdi, ammo ushbu zarbalarning birortasi ham gol bilan yakunlanmadi. Bu “Evro-2020” turnirning antirekordiga aylandi.

Qolaversa, PSJ hujumchisi Shveytsariyaga qarshi bo‘lib o‘tgan nimchorak final uchrashuvidagi penaltilar seriyasida ham gol urolmadi.

Frantsiya to‘sig‘idan fantastik tarzda o‘tgan Shveytsvriya endi chorak finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!