
Mbappe Frantsiya termasida suratga tushishdan bosh tortdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Robin Berner.
Terma jamoa tadbiri 20 sentyabrga belgilangan.
Manbaning ta’kidlashicha, Mbappe o‘z suratlarining ishlatilishi yuzasidan huquq masalasini chuqurroq nazorat qilish uchun fotosessiyasida qatnashmaslikka qaror qilgan. Uning bu qadamini pulga o‘chlik bilan baholash noo‘rin.
Chunki 23 yoshli hujumchi terma jamoa homiylaridan keladigan pullarni xayriya maqsadlariga yo‘naltiradi. Mbappe o‘zining tasviridan bukmekerlik idoralari va restoranlar foydalanishiga qarshi chiqmoqda.
Fikrlar