
Mbappe Husanovning yangi jamoasida o‘ynashi mumkinmi?
Qishki transferlar davrida “Lans”dan Abduqodir Husanov o‘z safiga qo‘shib olgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real” hujumchisi Kilian Mbappe transferi haqida fikr bildirdi.
- Yulduz darajasidagi hujumchilar Erling Xolandga o‘rinbosar bo‘lish uchun bizning jamoaga kelmasligi aniq.
Biz bu vazifani bajarishga rozi bo‘ladigan yosh o‘yinchi topishimiz kerak. Masalan, Bobb, Makeyte, Fodenga o‘xshagan.
Xolandsiz o‘ynasak, jamoa o‘yin uslubi o‘zgarishi mumkin, balki maydon ichkarisidan hujum qilishni yo‘lga qo‘yarmiz. Bu holatga echim topamiz, albatta. Lekin biz, mashhur hujumchilar, masalan, Kilian Mbappeni sotib ololmaymiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar