
Mbappe: Liga 1 – eng kuchli musobaqa emas, jamoadagilar ham do‘st emas!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining faoliyatiga doir qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Men yulduzmanmi? Ha, shunday. Agar insonning yuzi butun dunyoda tanilsa, u yulduz. Lekin bu meni boshqalardan ustun qilmaydi.
Jamoadagi o‘yinchilar do‘st bo‘lishi kerakmi? Yo‘q. G‘alaba uchun jamoadagi sheriklaring bilan har kuni birga ovqatlanish shart emas.
Liga 1 – dunyodagi eng yaxshi liga emas, lekin men doimo bo‘ynimdagi mas’uliyatni his qilganman. Etakchi futbolchi sifatida chempionat o‘sishi uchun borimni berdim, - dedi Kilian Mbappe.
Ta’kidlash joizki, Kilian Mbappe PSJ rahbariyati taklif qilgan 5+1 ko‘rinishidagi shartnomani qabul qilmadi. Katta ehtimol bilan yosh hujumchi 31 avgustga qadar “Real”ga o‘tib ketadi.
Fikrlar