Mbappe Messi va Ronaldudan o‘zib ketdi

  • 8 oktabr, 2022, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes nashri eng ko‘p daromad topayotgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi pog‘onani PSJ bilan katta mablag‘ evaziga shartnoma imzolagan Kilian Mbappe egallab turibdi.

Frantsiyalik yosh hujumchi pul topish bo‘yicha tajribasi katta hamkasblari – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.

Reytingdagi summalar soliq va agentlik to‘lovlari chiqarib tashlanmagan holatda hisoblangan.

Eng ko‘p daromad topayotgan o‘yinchilar reytingi quyidagicha ko‘rinishga ega:

  1. Kilian Mbappe (PSJ/Frantsiya) — € 131,2 mln (€ 112 mln — futbol, € 19,8 mln — futboldan tashqari faoliyat).
  2. Lionel Messi (PSJ/Argentina) — € 123 mln (€ 66,6 mln/€ 56,4 mln).
  3. Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»/Portugaliya) — € 102,5 mln (€ 41 mln/€ 61,5 mln).
  4. Neymar (PSJ/Braziliya) — € 89,19 mln (€ 56,4 mln/€ 32,8 mln).
  5. Muhammad Saloh («Liverpul»/Misr) — € 54,33 mln (€ 35,8 mln/€ 18,5 mln).
  6. Erling Xoland («Manchester Siti»/Norvegiya) — € 39,98 mln (€ 35,8 mln/€ 4,1 mln).
  7. Robert Levandovski («Barselona»/Polsha) — € 35,88 mln (€ 27,6 mln/€ 8,2 mln).
  8. Eden Azar («Real» Madrid/Belgiya) — € 31,78 mln (€ 27,6 mln/€ 4,1 mln).
  9. Andres Inesta («Vissel Kobe»/Ispaniya) — € 30,75 mln (€ 25,6 mln/€ 5,1 mln).
  10. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»/Belgiya) — € 29,73 mln (€ 25,63 mln/€ 4,1 mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!