Mbappe Messini qarzdor qilib qo‘ydi

  • 08.12.2021 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining guruh bosqich so‘nggi turida “Bryugge” bilan bo‘lgan uchrashuvda dublga erishga Kilian Mbappe raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini Lionel Messiga topshirdi va o‘zi xet-trik qayd etish imkonidan voz kechdi.

Uchrashuvdan so‘ng, frantsiyalik hujumchi o‘yin haqida fikr bildirar ekan, nega penalti tepishni Messiga berganini ochiqladi.

- Bizning ishtiyoqimiz baland, chunki bu Chempionlar ligasi. Barcha futbolchilar bu turnirda ishtirok etishni istaydi. Bunaqa o‘yinlar jamoa ichida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim. Endi ikki yarim oy Chempionlar ligasi bo‘lmaydi va bu muddatni mehnat bilan o‘tkazish kerak.

Men jamoaga yordam berishga harakat qilyapman, tarkibda kim asosiy figura ekanini ko‘rsatib qo‘yish maqsadim yo‘q. Men xuddi jamoadosh do‘stlarim kabi barchasini jamoa manfaati uchun qilyapti. Messiga nega penaltini berdim? Leo bizga kerak. Butun mavsum davomida jamoaga kerakli o‘yinchi. U eng qiyin damlarda yordam berishiga ishonaman. Lekin buning uchun o‘ziga ishonch bo‘lishi shart. Messi hali jamoa bildirgan ishonchga to‘liq javob qaytaradi.  Dublga erishgani uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va bu PSJ kelajagiga ham yaxshi ta’sir qiladi, - dedi Kilian Mbappe.

Avval, Mbappe jamoadoshlari bilan chiqisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yosh hujumchi bu gaplari orqali vaziyatga oydinlik kiritib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!