Mbappe mutlaq rekordchi! Bunaqasi Messining ham qo‘lidan kelmagan
2026 yildgi jahon chempionati chorak finalida Frantsiya terma jamoasi Marokashga qarshi uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishdi.
Bellashuv 2:0 hisobida «uch ranglilar» foydasiga yakunlandi. Hisobni jamoaning yetakchi hujumchisi Kilian Mbappe ochdi.
Opta tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe jahon chempionatlari tarixida hal qiluvchi, g‘alabani ta’minlagan gollar soni bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi. Uning hisobida bunday toifadagi sakkizta gol bor.
Joriy mundialda ham Mbappe yuqori natija qayd etmoqda: u sakkizta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida Lionel Messi bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Argentina terma jamoasi yetakchisi Messida esa yana bir imkoniyat bor — u 1/4 final doirasida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi.
Frantsiya shu tariqa jahon chempionati yarim finaliga yo‘l olgan ilk jamoa bo‘ldi. Endi «uch ranglilar» Ispaniya – Belgiya juftligi g‘olibini kutib turibdi.

Fikrlar