Mbappe “Nike” bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi
Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Nike” bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida L’É nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi boshqa sport brendiga o‘tishni rejalashtirmoqda - bunda gap “Puma”, “Adidas” yoki “Under Armour” haqida borayotgani aniq emas. Bundan tashqari, Mbappe shunchaki homiylik shartnomasini imzolamaydi: u brendni rivojlantirishga yordam beradi va uning daromadidan ulush oladi.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Mbappeni 180 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar