
Mbappe PSJ qaydnomasidan chiqarib yuborildi
PSJ o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun Yaponiyaga safar uyushtiradi. Klubning mazkur uchrashuvlar uchun qaydnomasi e’lon qilinganida unda Kilian Mbappe joy olmagani ma’lum bo‘ldi.
Fabritsio Romaning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi ayni damda sotuvga qo‘yilgan. Klub uni qo‘yib yuborishga tayyor. Agarda u yangi shartnoma imzolmasa, jamoa tarkibida maydonga tushmasligi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJni oldinda "An-Nasr", "Sereso Osaka" va "Inter"ga qarshi bahslar kutib turibdi.
Fikrlar