
Mbappe: PSJda muammo ko‘p!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe futboldagi maqsadlari haqida ma’lumot berdi. 24 yoshli hujumchi parijliklar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va buning sabablarini ham izohlab o‘tdi.
- Maqsadim – futbolda hamma sovrinlarni yutish. Lekin klubimizda muammolar ko‘pligini bilaman.
PSJda shunday kamchiliklar borki, vaqti kelib, ularning xunini to‘lash kerak, - dedi Kilian Mbappe.
Mbappening amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Hujumchi bu kelishuvni 2025 yilning yarmigacha uzaytirish huquqidan foydalanmasligini ma’lum qildi. Klub Mbappeni transferga qo‘ydi.
Fikrlar