Mbappe PSJga qaysi murabbiyni olib kelish kerakligini uqtirdi

  • 15 fevral, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Kilian Mbappe Parijdan ketmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlar tingani yo‘q. Frantsiyalik hujumchi PSJ rahbariyati tomonidan berilgan va’dalarning hammasi ham bajarilmayotganidan norozi ekani aytilmoqda.

Tecno

El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Mbappe o‘zi aytgan mutaxassis bosh murabbiylikka olib kelinsa, klubdan ketish fikrini o‘zgartirar ekan.

Manbaning ta’kidlashicha, 24 yoshli hujumchi PSJni Zinedin Zidan boshqarishini istayapti. Mbappe hozirgi bosh murabbiy Kristof Galtedan farqli o‘laroq, Zidan jamoani katta sovrinlar sari etaklay olishiga ishonmoqda.

Zinedin Zidan “Real”da ishlagan davrda madridliklar qisqa fursatda uch marotaba Chempionlar ligasi va ikki marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!