
Mbappe “Real”da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe baribir “Real”ga ko‘chib o‘tadi. Bu transfer kelasi mavsumda amalga oshish ehtimoli katta.
Madridliklar shu yoz Mbappe uchun katta xarajat qilmay, bir yildan keyin uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi.
ESPN nashrining yozishicha, Mbappening o‘zi faqat “Real”ga ko‘chib o‘tishni istayapti. Shu bois, u boshqa klublar taklifini ko‘rib chiqmaydi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” Mbappe uchun raqam ham tanlab qo‘ygan. Ular frantsiyalik hujumchiga Karim Benzemadan qolgan 9-raqamni taqdim qiladi.
Fikrlar