
Mbappe “Real”dagi debyut goli va birinchi sovrinidan keyin nimalar dedi?
“Real” safida debyut uchrashuvidayoq Kilian Mbappe ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. UEFA Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bahsda madridliklar Italiyaning “Atalanta” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Qirollik klubi”ga navbatdagi sovrinni keltirgan gollarga Federiko Valverde va Kilian Mbappe mualliflik qildi.
Uchrashuvdan keyin frantsiyalik hujumchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Hamma gollar ham muhim, shuning uchun qaysidir hujumchini ajratib ko‘rsatish oson emas. Ekin bu golim juda ahamiyatli. Men “Real” bilan yangi bosqichni boshlashni uzoq kutdim. Yaxshi boshlash, sovrin bilan boshlash – bu ajoyib holat. Bu unutilmas oqshom bo‘ldi, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar