Mbappe “Real”ga o‘tishiga kim ko‘ndirganini aytdi

  • 16 iyul, 2024, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe yangi mavsumni “Real” tarkibida boshlaydi. 25 yoshli hujumchi Madrid klubida 9-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Mohir to‘purar uning “Qirollik klubi”ni tanlashiga kim ko‘proq ta’sir o‘tkazganini oshkor qildi.

- Meni “Real”dagi frantsuz futbolchilar va Vinisius Junior jamoaga chorladi. Vini hujumda birga o‘ynaymiz, deb chaqirdi, - dedi Kilian Mbappe.

Bugungi kunda jahon futbolida eng qimmatbaho futbolchilardan biri hisoblangan Mbappe professional faoliyatini “Monako”da boshlagan. Keyinchalik PSJda to‘p tepgan hujumchi birinchi marotaba yurtidan tashqariga yo‘l oldi.

Mbappe klublar miqyosida jami 373 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 288 ta gol va 126 ta golli pas yozdirib qo‘ygan.

Shuningdek, Frantsiya terma jamoasida 84 ta bahsda raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qilgani qayd etilgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!