Mbappe "Real"ga o‘tsa, maoshi ancha kamayadi

  • 11 iyul, 2023, 22:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe "Real"ga o‘tsa, yiliga kamida 25 million evro ishlab topadi. 

"Marca" jurnalisti Ramon Alvares de Montining fikricha, agar u "Real"ga o‘tsa, hujumchining maoshi soliqlardan tashqari mavsum uchun 25 million evroni tashkil qiladi. Bonuslarni hisobga olsak, bu miqdor 30-35 milliongacha oshishi mumkin. 

Ushbu bonuslarning ba’zilari "Real" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi yoki Mbappening "Oltin to‘p" olishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Futbolchining shartnomasi 6 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, tovon puli 1 milliard evropani tashkil qiladi. 

Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!