Mbappe “Real”ni fitnalar ortida PSJ turganiga ishontirdi

  • 18 oktabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Shvetsiyaga qilgan sayohati davomida zo‘ravonlikda ayblanayotgan edi. Shvetsiya politsiyasi holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tecno

25 yoshli frantsiyalik hujumchi “Qirollik klubi”ga bu holat o‘ziga nisbatan fitna ekani va uni PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy uyushtirayotganini ta’kidladi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappening yuzaga kelgan vaziyat PSJ xo‘jayini tomonidan qo‘yilgan “tuzoq” ekaniga ishonchi komil.  Chunki futbolchi zo‘ravonlik qilgan haqidagi xabarlarni PSJ nazoratidan ommaviy axborot vositalari tarqatmoqda.

Shu o‘rinda, Kilian Mbappe “Pari Sen-Jermen” bilan 55 million evro miqdoridagi mablag‘ni olish uchun sudlashmoqda. Parijliklar frantsiyalik o‘yinchi klubda qolmasligini ma’lum qilganidan keyin uning bir necha oylik maoshi va bonus pullarini bermagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!