Mbappe transferi bo‘yicha rasmiy taklif tushdi

  • 26 iyun, 2021, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati PSJga jamoa hujumchisi Kilian Mbappe transferi yuzasidan dastlabki rasmiy taklifni yubordi.

Tecno

Hozircha, Yurgen Klopp jamoasi frantsiyalik to‘purar uchun qancha taklif qilayotgani oshkor etilmayapti.

PSJ Mbappeni yangi bitimga ko‘ndira olmaganidan keyin uni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Avvaliga parijliklar futbolchi uchun 200 million evro talab   qilayotgan edi. Biroq, klublarda moliyaviy inqiroz davom etayotgani bois bu transfer summasi 120-150 million evroga baholanmoqda.

PSJ hali “Liverpul” taklifiga munosabat bildirmadi. Lekin Mbappening o‘zi Evropa chempionatidan keyin “Real”ga o‘tishni istayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!