
Mbappe transferi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
“Real” jamoani tark etgan Karim Benzema o‘rniga 33 yoshli Xoseluni ijaraga olgan bo‘lsa-da, Kilian Mbappeni transfer qilish harakatlarini to‘xtatgani yo‘q.
El Chiringuito telekanali jurnalisti Pako Buyoning ma’lum qtlishicha, madridliklar 24 yoshli forvard uchun shu yoz 120 million evro to‘lashga tayyor.
PSJ rahbariyati hujumchi shartnomani 2025 yilgacha uzaytirmagan taqdirda uni tezroq sotib yuborish fikridan qaytmagan. Biroq, Parij klubi mutasaddilari eng zo‘r to‘purari uchun ancha qimmat narx – 200 million evro talab qilyapti.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘zaro kelisha olsa, Mbappening transferi 23 iyul kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar