Mbappe uchun qasos: PSJ “Real”ning uch yulduzini tortib oladi

  • 4 avgust, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” mutasaddilari Kilian Mbappeni qo‘ldan chiqargani uchun frantsiyalik o‘yinchi o‘tishni orzu qilayotgan “Real”dan o‘ziga xos tarzda o‘chini olmoqchi.

Tecno

“Qirollik klubi” Kilian Mbappe bilan kelishib bo‘lgani uchun parijliklar o‘z rejalarini amalga oshira olmadi.

Football Espana va Sport kabi mashhur nashrlarning yozishicha, endi PSJ madridliklarning bir necha futbolchilarini katta maosh bilan o‘ziga og‘ridirib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Frantsiya chempionlari nazariga asli frantsiyalik o‘yinchilar – Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavinga hamda braziliyalik vinger Rodrigo tushgan.

Bundan tashqari, PSJ “Kastilya”ning 18 yoshli futbolchini Niko Pasni ham Parijga ko‘chirib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!