
Mbappe unga prezident ta’sir o‘tkaza olmasligini aytdi
O‘tgan yili Kilian Mbappe PSJdan ketishga shaylanganida Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron undan Parijda qolishini va PSJda o‘ynashini so‘ragan edi.
O‘shanda Mbappe PSJ bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilgan va bu tanlovi bilan “Real”ning hafsalasini pir qilgandi.
Endi 24 yoshli hujumchi yana PSJni tark etib, "Real"ga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda. Mbappe mamlakat prezidanti aralashuvi haqida fikr bildirdi.
- Prezident qanday ta’sirga ega ekanini so‘rashyapti. Hozirgi 2023 yilda hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi. U Parijda qolishimni istaydi, men hozir shu erdaman, har ikkimiz bir tomondamiz, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar