Mbappe va Vinisius La Ligada dribling bo‘yicha ikkinchi o‘rinni bo‘lishmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior joriy mavsum La Ligada eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchilar qatorida ikkinchi o‘rinni egallashmoqda. "Squawka" ma’lumotiga ko‘ra, har ikki futbolchi raqiblarini 30 marta aldab o‘tgan.
Reytingda faqat "Barselona"ning futbolchisi Lamin Yamal yuqori – u 33 ta dribling bilan liderlik qilmoqda. Shuningdek, birinchi beshlikka "Real Sosedad"dan Ander Barrenechea (29) va "Real Ovedo"dan Xessem Xassan (28) kiradi.
12 turdan so‘ng "Real" Ispaniya chempionati jadvalida 31 ochko bilan etakchi bo‘lib turibdi. "Barselona" esa 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, "Vilyarreal" va "Atletiko" esa tegishli ravishda 26 va 25 ochko bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda joylashgan.

Fikrlar