Mbappeni sotib olishi mumkin bo‘lgan uchta klub mavjud

  • 8 iyul, 2023, 16:55
  • 0
  • Futbol

Agent Bruno Satine PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, 24 yoshli futbolchini faqat uchta klub transfer qila oladi.

"O‘ylashimcha, uning transferi 200 million evroga tushadi. Bunday shartnomani faqat "Real", "Manchester Siti" va "Nyukasl" ko‘tara oladi. Hozircha Madrid favorit bo‘lib turibdi. "Nyukasl" Kilianni o‘ziga jalb eta olmaydi va "Siti" hali jangga qo‘shilgani yo‘q", - deb yozadi "Lequipe".

Mbappening PSJ bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Avvalroq, frantsiyalik hujumchi parijliklar bilan shartnomani uzaytirmasligini malum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!