
Mbappening qarori ukasiga qaqshatqich zarba bo‘ladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida aniq qarorga kelgani yo‘q. 25 yoshli forvard katta maosh taklif qilayotgan parijliklar bilan ham, o‘zining shartlarini o‘tkazish qaror urinayotgan “Real” mutasaddilari bilan ham muzokara olib bormoqda.
PSJ Kilianning qarori uning ukasi faoliyatiga ham ta’sir qilishini ko‘rsatib qo‘ydi. Parijliklar Itan Mbappe bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi.
Manbalar klub xo‘jayinlarining bunday qilishiga, Kilian “Real”ga o‘tib ketishga moyil bo‘lib turgani sabab bo‘lganini ta’kidlamoqja.
17 yoshli Itan Mbappe yaqinda PSJda debyutini nishonlagan edi. Akasidan farqli ravishda Itan himoyaviy o‘yinga ixtisoslashgan. Itan maydon markazi yoki tayan zonasida o‘ynaydi.
Fikrlar