Mbappening "Real"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Jahon futbolining eng yaxshi hujumchilaridan biri, Frantsiyaning PSJ klubiga tegishli Kilian Mbappe "Real"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Tomas Gonsales Martinning xabar berishicha, tomonlar allaqachon 24 yoshli hujumchining maoshini muhokama qilishgan. Mbappening maoshi soliqlarsiz yiliga 60 million evroni tashkil qiladi.
Kilian yaqin ikki hafta ichida “qirollik klubi" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Oldinroq Mbappe PSJ rahbariyatini klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamasligi haqida ma’lum qilgandi.

Fikrlar