
Meddison Londonga yo‘l olishi mumkin
"Lester" APLni tark etdi. Endilikda bir qancha futbolchilar "tulkilar" safidan ketishi kutilmoqda. Ular orasida Jeyms Meddison ham bor.
"The Mirror" nashrining xabar berishicha, angliyalik yarim himoyachining xizmatlariga "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari qiziqmoqda. Ushbu transferdan "Lester" 40 million funt sterling ishlab olmoqchi.
Meddisonning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U "Lester" tarkibiga 2018 yilda "Norvich"dan kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar