
Mehmonda g‘alaba qozongan "Tottenxem" "Liverpul"ni ortda qoldirdi
Angliya Premer-ligasi 18-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Tottenxem" "Aston Villa" maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Dastlab, Karlos Vinisius 29-daqiqada hisobni ochdi. Lukas Mouraning uzatmasidan keyin bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘lladi. Keyinchalik, Xarri Keyn 11 metrlik jarima nuqtasidan jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Shunday qilib, 3 ochko qo‘lga kiritgan "shporlar" 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Aston Villa" esa 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar