Meksika bosh murabbiyi: "Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshlash – yomon emas"

  • 12.06.2026 13:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre JARga qarshi JCh-2026 ochilish o‘yinidan (2:0) keyin shogirdlarining o‘yini unga ma’qul kelmaganini aytdi.

 

«Biz ko‘rsatgan o‘yin men kutgan darajada bo‘lmadi. Albatta, jahon chempionatini g‘alaba bilan boshlash – yomon emas. Birinchi bo‘limda ikkinchi gol yetishmadi, darvoza to‘sinigа urilgan zarba bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa ikkinchi goldan keyin biroz bo‘shashib qoldik. Yana bir gol urish imkoniyati bor edi, o‘shanda hali kuchimiz ko‘proq edi, lekin foydalanа olmadik.

 

Raul Ximenes – juda yaxshi yigit, hozir u ancha tetik, kuchga to‘la. O‘zi ham bu jahon chempionatini o‘zining turniri bo‘ladi, deb aytmoqda.

Montesning maydondan chetlatilishi ishimizni biroz qiyinlashtirdi. Oddiy vaziyatda to‘pni yo‘qotib qo‘ydik va Sesar tavakkal qilishga majbur bo‘ldi. Darvozaga bevosita xavf yo‘q edi, ammo qoidalar endi shunday», – dedi Agirre.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!