Koutino yangi taklifni tan olmadi

  • 20 noyabr, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino o‘ziga “Nyukasl”dan bo‘lgan taklifni rad etdi. “Qarg‘alar” braziliyalik futbolchini yanvarda transfer qilishni istayotgan edi.

“Barselona” rahbariyati ham kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayotgan, lekin katta maosh olayotgan Koutinodan tezroq qutilish yo‘llarini qidirmoqda. Shu bois, ular yarim himoyachining “Nyukasl”ga o‘tishiga qarshi emas edi.

Filippe Koutino avval boshqa jamoaga o‘tishni xohlagan edi. Lekin Xavi kelganidan keyin unga asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanish umidi paydo bo‘ldi. Koutino shartnoma oxirigacha “Kamp Nou”da qolishga va asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qilgani aytilmoqda.

29 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida sakkiz marta maydonga tushib, raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!