
Men “Manchester Yunayted”dan ketaman!
“Manchester Yunayted” darvozaboni Din Xenderson jamoadan ketmoqchiligi haqida klub rahbariyatini xabardor qildi.
Xenderson etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. O‘tgan mavsumda Ule-Gunnar Sulsher unga imkoniyat bergandi. Biroq, yosh darvozabon 26 ta uchrashuvda 23 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Din Xenderson ichki raqobatda yana David de Xeaga imkoniyat boy bera boshladi. Shuning uchun u qishki transferlar vaqtida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Iste’dodli darvozabonning klub bilan hamkorligi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar