Men Messidan qarzdorman!

  • 24 iyul, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta PSJda o‘ynayotgan Lionel Messi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Umid qilamanki, Lionel Messining “Barselona”dagi tarixi yakunlangani yo‘q. Bu imkoniyat hamon ochiq va biz hammasi chiroyli bo‘lishiga harakat qilishimiz kerak.

Men “Barselona” prezidenti sifatida Messi oldida qarzdor ekanimni his qilaman, - dedi Joan Laporta.

Lionel Messi “Barselona” tizimida 2000 yildan 2021 yilgacha faoliyat olib borgan. Molifviy feyr-pley tufayli klub argentinalik yulduz bilan yangi bitim tuza olmagani uchun Messi PSJga o‘tishga majbur bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!