
Men PSJdan ketib, “Real”ga qaytmoqchiman
PSJ hujumkor futbolchisi Pablo Sarabiya katta raqobat tufayli mavsumni ijarada “Sporting” jamoasida o‘tkazmoqda.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik hujumchi o‘zini tarbiyalagan “Real”ga qaytishni orzu qilyapti.
Sarabiya Lionel Messi, Neymar, Kilian Mbappe, Mauro Ikardi, Anxel di Mariya kabi yulduzlar o‘ynayotgan PSJda qolmoqchi emas. “Sporting” bu futbolchining transferini ko‘tara olmaydi. Shu bois, Pablo o‘z xizmatlarini “Qirollik klubi”ga taklif qilishni rejalashtiryapti.
29 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatida yaxshi o‘ynayapti. U hozirga qadar 10 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.
Sarabiyaning transfer summasi 25 million evroga baholangan.
Fikrlar