
Men yurtimga qaytmayman!
Calciomercato nashri “Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remzi yozda jamoadan ketishga ko‘nmagani haqida ma’lumot tarqatdi.
Xabarlarga qaraganda, 30 yoshli futbolchiga Angliya premer-ligasining bir necha jamoasidan jiddiy taklif bo‘lgan. Biroq, uning agenti barcha chorlovlarga rad javobini berib, Remzi Turinda qolishini ta’kidlagan.
Amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadigan uelslik yarim himoyachi Massimiliano Allegri “Yuventus”ni qabul qilib olganidan keyin uning qo‘l ostida asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga qaror qildi.
Aaron turinliklar safida 2019 yildan beri to‘p tepmoqda. U “Arsenal”da 11 yil o‘ynaganidan kiyin erkin agent sifatida “Yuventus”ga qo‘shilgan edi.
Fikrlar