Menga “Barsa”da non qolmadi!

  • 4 may, 2022, 21:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning frantsiyalik himoyachisi Kleman Lengle yozda Kataloniyani tark etishga qaror qildi.

Tecno

Lengle “Barselona”ga 2018 yilda kelgan edi. Iste’dodli himoyachi undan avval “Sevilya”da ishonchli o‘yinlari bilan ko‘zga tashlangan. Biroq kataloniyaliklar safda urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo Lengleni asosiy tarkibdan siqib chiqardi.

Xavi yozda o‘z jamoasiga “Chelsi”ni tark etadigan Andreas Kristensenni olib kelmoqchi. Bu transfer amalga oshishi deyarli aniq ekanini inobatga olgan Lengle kelasi mavsum o‘ziga umuman o‘yin amaliyoti berilmasligidan xavotirda.

Kleman bu mavsum barcha turnirlarda 29 marta maydonga tushdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. O‘yinchi “Sevilya”ga qaytishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!