Menga ko‘proq pul bering!
“Chelsi” bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazayotgan Antonio Ryudiger yana klubning maosh bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.
“Aristokratlar” germaniyalik futbolchiga har hafta 135 ming evro to‘lashni taklif qilgan edi. Lekin Ryudiger yangi shartnomaning umumiy qiymatini 55 million evroga baholadi.
Yozda erkin agentga aylanadigan tajribali himoyachiga “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Pari Sen-Jermen” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Biroq ularning aksariyati futbolchining maoshini ko‘tara olmaydi.
Antonio Ryudigerning o‘zi “Chelsi” uni talabini bajarmasa, erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishni rejalashtiryapti. “Qirollik klubi”ga ham Antonio so‘rayotgan maosh og‘irlik qilishi mumkin.

Fikrlar