“Meni Angliyaga qaytaringlar!”

  • 1 dekabr, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter”da o‘rnini topa olmagan Kristian Eriksen qishki transferlar vaqtida jamoasini tashlab, Angliyaga ko‘chib o‘tmoqchi.

Tecno

Daniyalik tajribali pleymeyker klub rahbariyatidan o‘ziga yangi jamoa qidirish uchun ruxsat oldi va ayni paytda yaxshi takliflarga ham ega.

Ma’lumotlarga qaraganda, Eriksenga “Manchester Yunayted”dan ham chorlov bo‘lgan va bu variant futbolchiga ma’lum kelishi mumkin. Manchesterliklar o‘tgan yili ham Eriksenga xaridor bo‘lgandi. Biroq, o‘shanda futbolchi o‘ynayotgan “Tottenxem” katta mablag‘ talab qilgandi.

“Inter” asosiy tarkibga kira olmagan futbolchidan tezroq qutilishi maqsadida uning transferini 30 million evroga baholamoqda. Bu narx “Manchester Yunayted” rahbariyatini to‘la qoniqtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!