Meni katta maosh bilan ushlab qololmaysiz!

  • 26 yanvar, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati 26 yoshli himoyachi Niklas Zyuleni yangi shartnomaga ko‘ndirish maqsadida uning maoshini sezilarli darajada oshirib, yiliga 10 million evro taklif qilgandi.

Biroq, tajribali o‘yinchi myunxenliklarning kelishuvini qabul qilmasligini bildirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Zyule klubni tark etish bo‘yicha bir qarorga kelgan va o‘z fikrini o‘zgartirmaydi.

Zyule “Bavariya” uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Bundesliga etakchisi ishonchli himoyachini qo‘ldan boy berish qatorida uni erkin agent sifatida bepul qo‘yib yuborishga majbur. Chunki Zyulening amaldagi bitimi 30 iyun kuni ihoyasiga etadi.

O‘tgan yozda “Bavariya” safini David Alaba, Jerom Boateng va Xavi Martines ham erkin agent sifatida tark etgandi. Ayniqsa, David Alaba katta yo‘qotish sifatida tan olingan. Klub xo‘jayinlari Zyuledan farqli o‘laroq, avstriyalik universal himoyachining maoshini oshirishga rozi bo‘lmagandi.

2017 yildan beri “Bavariya”da o‘ynayotgan Niklas Zyule joriy mavsumda Bundesligada 18 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!