Merab Dvalishvili: "Men Nurmagomedovni sindiraman"

  • 08.01.2025 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tadigan jang haqida gapirdi.

“Men gruzin kurashi va ularning chidamliligini ko‘rsataman. Kamina Umarni sindiradi. Uning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasayman. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi. Biroq men buni uddalayman" - deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie" portali.

Eslatib o‘tamiz, Umar va Merab to‘qnashuvi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!