Merab Dvalishvili "MMA Junkie" talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi jangchisi deb e’lon qilindi
O‘ta engil vazn toifasida UFC sobiq chempioi Merab Dvalishvili Amerikaning nufuzli sayti - "MMA Junkie" talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi jangchisi deb topildi.
"Ha, Merab Dvalishvili oxirgi jangida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, uning so‘nggi 12 oy ichida erishgan yutuqlari bizni hayratda qoldirdi. U kelajakda o‘ta engil vazn toifasida barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida tan olinishi ham mumkin", - deyiladi press-relizda.
Ma’lumot uchun, "MMA Junkie" muxbirlari uch nomzod - Merab Dvalishvili, Islom Maxachev va Pyotr Yan uchun o‘zaro ovoz berishdi. Natijada gruziyalik jangchi oltita, Islom beshta, Pyotr esa bitta ovozga ega chiqdi.

Fikrlar