
Merab Dvalishvili: "Shon O'Melli ikkinchi jang uchun qanday reja o‘ylab topishini bilmayman"
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili amerikalik Shon O'Melliga qarshi revansh oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men o‘sha O'Melli bilan jang qilaman, biroq bu yigit endi xavfliroq bo‘lishini bilaman. Birinchi bahsda uning rejasini qanday buzish mumkinligini taxmin qila olardim. Ammo endi Shon jang uchun qanday reja o‘ylab topishini bilmayman. U o‘z uslubiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishi aniq" - deb gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".
Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili va Shon O'Melli to‘qnashuvi 8 iyun kuni "UFC 316" turnirida o‘tkazilishi belgilangan.
Fikrlar