
Merino uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi
Ispaniya terma jamoasi va "Real Sosedad" klubi yarim himoyachisi Mikel Merino ayni damda bir qator grand klublar nishonida bo‘lib turibdi.
Endilikda, Merino uchun "Atletiko" Madrid jamoasidan takliflar bor. "Roxo Blankos" markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida va klub "Real Sosedad" etakchisini sotib olmoqchi.
San-Sebastyan klubi futbolchi uchun 30 million evro talab qilyapti. "Atletiko" esa 24 yoshli futbolchi uchun 20 million evro taklif qilgan.
Ammo Madrid klubining asosiy transfer maqsadi "Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxer bo‘lib, London jamoasi keyingi yil shartnomasi tugaydigan futbolchidan foyda ko‘rishni xohlaydi. Agar "Atletiko" Gallaxerni sotib ololmasa, bor e’tiborini Merinoga qaratadi.
Gallaxer va Merinoning transfer narxi bir xil 50 million evro,
Ma’lumot o‘rnida, Merino uchun ayni damda "Arsenal", "Aston Villa" kabi klublar jiddiy qiziqish bildirgan.
Fikrlar