Messi, Mbappe va Neymar PSJni barbod qiladi

  • 29 noyabr, 2021, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolining yorqin yulduzlaridan biri Maykl Ouen “Pari Sen-Jermen” Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymarni o‘ynatib, o‘zi orzu qilgan sovrin – Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kirita olmaydi.

Tecno

- PSJ darajasidagi jamoalar himoyalanish vaqtida barcha hujumchilarning oldinda qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Messi, Mbappe va Neymar qanchalar buyuk va iste’dodli bo‘lmasin, ularda ortga - himoyaga qaytish istagi yo‘q. Ular maydonda piyoda yurib, engil yuguryapti. Sorvinlarga ega chiqish uchun anchagina ter to‘kish kerak. Shu bois, PSJ Chempionlar ligasini yuta olmaydi, - dedi Maykl Ouen.

Maurisio Pochettino shogirdlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi.

Klub xo‘jayinlari Parij klubidan o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritishni talab qilmoqda va buning uchun mablag‘ni ayamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!