Messi, meni kutma! Neymarning yangi jamoasi nomi oydinlashdi

  • 20 yanvar, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini tark etishi kutilayotgan Neymar o‘z yurti Braziliyaga qaytib ketishi ehtimoli oshib bormoqda.

Diario Do Peixe nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli hujumchi o‘zini tarbiyalagan “Santos” klubiga qaytishga moyillik bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” Neymarni Saudiya Arabistoni chempionatining ikkinchi qismi uchun qaydnomaga kiritmaganidan keyin “Santos” o‘z tarbiyalanuvchisini olti oy muddatga ijaraga olishga qaror qilgan.

Neymarda faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirib, “Barselona”da birga o‘ynagan do‘stlari – Lionel Messi va Luis Suares o‘ynayotgan “Inter Mayami” yoki “Chikago Fayr” jamoasiga ko‘chib o‘tish varianti ham bor edi.

Biroq Diario Do Peixe jurnalistlari futbolchining o‘zi vataniga qaytib, “Santos”ga yordam berish istagini bildirganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!