Messi 50 yoshgacha o‘ynaydi
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesning fikricha, jamoadoshi Lionel Messi yana uzoq yillar qolishi mumkin.
“Messi 50 yoshgacha o‘ynay oladi deb o‘ylayman. U juda yaxshi ko‘rinadi. U maydondagi eng qiyin vazifalarni bemalol bajarmoqda.
Messi bilan o‘ynash meni yaxshi futbolchiga aylantirdi. Messi Amerika kubogini yutishi kerak edi. U mamlakat qahramoni sifatida namoyon bo‘ladi. Odamlar Leoni prezidentdan ko‘ra ko‘proq hurmat qilishadi. Agar Messi barcha odamlardan 24 soat davomida uylarini tark etmaslikni so‘raganida, hamma shunday qilgan bo‘lardi”, - dedi Martines Footballers Lives nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq 35 yoshli Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytgandi.

Fikrlar