
Messi 8 ta futbolchi qurshovida qoldi (FOTO)
Xabaringiz bor Argentina terma jamoasi kecha Amerika kubogi guruh bosqichining 2-turida Paragvay (1:1) bilan durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, uchrashuvning 90+4-daqiqasida “albasetlar” sardori Lionel Messi bir nechta raqib qurshovida qolganiga qaramay hujum tashkil etishga urinayotgani aks etgan surat internetda keng tarqaldi. Suratda ko‘rish mumkinki, 31 yoshli futbolchining atrofida naqd 8 nafar raqib futbolchisi bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi hozircha guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Ular so‘nggi turni 24 iyun kuni Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar